TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2024

Maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda

“Professional ta’lim” kafedrasi va Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 1-sonli IDUMning ta’lim sifati va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo’yicha universitetimiz “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri dotsent D.Muqumova, dotsent F.Sadiqova, assistant U.Jumamurodovalar  maktabga tashrif buyurishdi.

Toshkent viloyati Nurafshon shahri 1-IDUM direktori Li Natalya Aligeriyevna, o’qituvchilar va o’quvchilar bilan turli mavzularda uchrashuv tashkil qilindi. 2024-yil fevral oyidan 2024-yil may oyigacha bo’lgan ishlar bo’yicha yo’l xaritasi tasdiqlashgan  bo’lib yanvar-fevral oylari uchun belgilangan reja ya’ni “Maktab o’quvchilarini qiziqtirgan kasblar bo’yicha davra suhbati va qiziqarli psixotexenikalar” olib borildi. Kafedraning malakali professor-o’qituvchilar va o’quvchilar ishtirokida maktablarning qiziqishi bo’lgan barcha bilan yuqori saviyadagi kichik seminar tashkil etildi.

Universitetimiz “Professional ta’lim” kafedrasi dotsentlari D.Muqumova, F.Sadiqova, assistenti U.Jumamurodovalar bilan birgalikda tashkil etilgan qiziqarli psixotexnikadan maktab jamoasi yana kutib qolishlarini aytdilar. Ushbu hamkorlikdan har ikkala taraf ham birdek mamnun 1-mart kuni universitetimizda tashkil etilayotgan ochiq eshiklar kuniga taklif qilib borishlarini ta’kidlab o’tdilar.

“Professional ta’lim” kafedrasi assistenti Temirova Zoxida axboroti

Universitet matbuot xizmati