TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Maktabdagi uchrashuv

2024 yil 5 aprel kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 22 va 23-sonli maktablarda ”Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakulteti, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi  dotsentlari S.Abduraxmanov, A.Jumanov va katta o’qituvchi A.R.Valievalar  9 va 11- sinf o'quvchilari  bilan  universitet yo'nalishlari  haqida  tashviqot ishlarini olib borishdi.

Uchrashuvda bugungi kunda Respublikamizda kitobxonlik adabiy jarayonlar va yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik, jumladan, yosh avlodni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirildi. Undan tashqari “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab bog’iga esdalik uchun mevali ko’chatlar o’tqazishdi.

Universitet matbuot xizmati