TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Maktab va oliy ta'lim muassasasi hamkorligi kelajak poydevori

Toshkent viloyati Piskent tumani 5- IDUM va 6- maktabda “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy Tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi  assistenti Maftuna Raxmonova bitiruvchi sinf o‘quvchilari  bilan dolzarb mavzular bo‘yicha tashviqot ishlarini olib bordi. Bulardan- universitetning yo‘nalishlari, Erasmus dasturining imkoniyatlari, hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari to‘g‘risida davra suhbati olib bordi.

Bunda talabalar bilan juda qizg‘in savol- javoblar hamda zamonaviy dasturlash tillari- Python imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z olib borildi. Maktab o‘quvchilari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.