TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Maktab bilan shartnoma imzolandi

"TIQXMMI" MTU “Ingliz tili” kafedrasi mudiri B.Isroilova, katta o'qituvchi F.Umarova, o'qituvchilar M.Ziyadulloyeva, N.Yuldashova, D.Teshayevalar 18-aprel kuni Toshkent viloyati Piskent tumani 1-IDUMga tashrif buyurishdi. Maktab o'qituvchilari va 11-sinf o'quvchilariga universitet imkoniyatlari haqida taqdimot  namoyish qilinib, savol - javob o'tkazildi.

Bitiruvchi sinf oquvchilari suhbat yakunida universitetga tashrif buyurib, universitet haqida yana ham ko'proq ma’lumot olishga qiziqish bildirishdi. Maktab direktori  M.Qurbonova va “Ingliz tili” kafedrasi mudiri B.Isroilova ortasida o`zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

"Ingliz tili" kafedrasi N.Yuldashova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati