TIQXMMI yangiliklari

img
05.06.2024

Mahalla yoshlari bilan uchrashuv

Mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, joriy yilning 4-iyun kuni "Gidromelioratsiya", "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti xotin - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchilari Z.Beknazarova va F.Yunusovalar tomonidan M. Ulug’bek tumani “Lashkarboshi” mahallasi mas’ullari  va tarbiyasi og’ir bo’lgan qizlar bilan suhbat tashkil etildi.

Bundan maqsad, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faollikni oshirish, ularnig hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish va shu maqsadda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni hamkorlikda  amalga oshirishdan iborat.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati