TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2023

Mahalla xotin- qizlar bilan ochiq muloqat

2023-yil 6-oktabrdagi videoselektorda tasdiqlangan reja asosida 11-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman “Avayxon”MFY binosida Mahalla xotin-qizlari bilan tuman xotin-qizlar bo‘yicha  xokim o‘rinbosari, “Oqila ayollar”harakati a’zosi Mirbabaeva Nasiba Shukurovna, Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi professori, “Oqila ayollar”harakati a’zosi Muhiddinova Firuza Abdurashidovna va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”milliy tadqiqot universiteti professori, “Oqila ayollar”harakati a’zosi Ismailova Zuxra Karabaevna ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari bo‘yicha seminar - trening o‘tkazdilar.

Seminar-treningda ayollar masalalariga oid Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan me’yoriy xujjatlarni mahallalardagi ijrosi masalasi, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi huquq va burchlari masalalari shu bilan birga xozirda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, oiladagi ajrim masalalari va erta turmush kurishni oldini olish xos  masalalarga oid savol javoblar va tushuntirish ishlari olib borildi.

Amaliy natijada bitta oila masalalariga oid xonadon egasi bilan suhbat tashkil etildi va kerakli tashkilotlar bilan bog‘langan holda ularga amaliy yerdam ko‘rsatilib ketildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabaevna axboroti
Universitet axborot xizmati