TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2023

 Mahalla bilan hamkorlikdagi musobaqa

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutorlari G.Axmedjanova, A. Shonazarov, D. Axrarova hamda “Lashkarbegi” mahallasining «Yoshlar etakchisi» Ch. Boltayeva bilan hamkorlikda  joriy yilning 19 sanasida 1 bosqich talabalari o‘rtasida aqlni charxlash, bilimlarni yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

  

Bunda “Zakovat” ga qiziqqan talabalar tomonidan jamoa tuzildi va 5 ta guruh faol qatnashdi.

Guruhlar quyidagicha nomlandi:

1.THI BEST

2. IDEYAL

3. IRRIGATOR

4. YANGI O,'ZBEKISTON

5. LIDERLAR

 Qatnashgan jamoalardan:

 1- o‘rinni    THI BEST 101- guruh

 2- o‘rinni    LIDERLAR 108-guruh

 3-o’rinni IDIYAL 108-guruhlar shunday natijalarga ega bo‘ldilar.

“Lashkarbegi” MFY “Yoshlar etakchisi” tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Talabalarga bu tadbirni o’tkazishdan  ko’zlangan asosiy maqsad “Do‘stlik” g‘alaba qozonishi haqida tushuntirildi, bunda ularning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir talabalarimizga juda ham ko‘tarinki  kayfiyat baxsh etdi va shunga o‘xshash  tadbirlarni yanada ko‘plab uyushtirish kerakligi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

     

                      “Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori

G.Z.Axmedjanova axboroti

                                        Universitet matbuot xizmati