TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2024

“Mahalla bilan hamkorlik yo‘lida”

Joriy yil 01 mart kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “NUR” MFY bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “TIQXMMI” MTU “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov, fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M.Z.Yo‘ldoshev, faol talabalardan A.M.Abdirasulov va S.O.Solixovlar birgalikda mahallada bo‘lishdi. “NUR” MFY raisi I.I.Sharipov rahbarligida mahalla xokim yordamchisi U.P.Tajiev va Yoshlar yetakchisi A.U.Anvarovlar faoliyatilari bilan tanishildi.

Oliy ta’lim muassasi va mahalla o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamjihatlikda amalga oshirish yuzasidan atroflicha rejalar tuzib olindi. Mahallada istiqomat qiladigan yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar bilan amalga oshiriladigan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport va ko‘ngil ochar tadbirlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla faollarining bir qator takliflari belgilab olindi.

GTQ fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati