TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2024

“Mahalla bilan hamkorlik”

Barchamizga ma’lumki 2024-yil Oʻzbekistonda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, kasbga yo’naltirish, bilim va salohiyatini yanada oshirish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Universitet va mahalla hamkorligi yo’lga qo’yilgan. Joriy yilning 2-mart kuni” “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Ro’zmetovlarning  fakultetga biriktirilgan Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Oqibat” mahallasiga   tashrifi ana shu hamkorlik ijrosini ta’minlashga qaratildi. Mahalla raisi M.Yuldasheva, shuningdek Mahalla xotin qizlar faollari va mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda mahalladagi kam ta’minlangan va uyushmagan yoshlar shuningdek, kasb hunarga va komputer savodxonligiga qiziquvchi yoshlarni universitetning IT texnologiyalari sohasida tekin kurslariga taklif etish bo’yicha suhbat olib borildi. Mahalla raisi va mahalla yoshlar yetakchisi mahalladagi yoshlarning ijtimoiy holati bo’yicha ma’lumotlar berib o’tdilar. Bunday uchrashuv hamkorlik muntazam tashkil etilishiga kelishib olindi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov  va I.Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati