TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2023

Magistrantlar muvaffaqiyati

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" mutaxassisligi magistrantlari Jalilov Sirojiddin, Ruziyev Dilmurod, Zokirov Ilhomjon, Jalilova Xumoralar joriy yilning mart-aprel oylarida "Slovak university of agriculture in Nitra" universitetida stajirovka o'tash bilan birgalikda 20 aprel kuni "Študentská vedecká konferencia FZKI 2023" konferensiyada ishtirok etishdi.

 Ushbu konferensiya mobaynida magistrantlar o'zlarining magistrlik dissertatsiyalarini Abstract ko'rinishida taqdim etishdi va prezentatsiya tayyorlab, uni Hay'at a'zolariga himoya qilib berishdi. Konferensiyaga taqdim etilgan Abstractlar "Acta Horticulture" jurnalida May oyida chop etiladi. Bundan tashqari, konferensiya musobaqa ko'rinishida o'tkazilib, bunda magistrantlar orasida Jalilov Sirojiddin 1-o'rinni egalladi, hamda diplom va pul mukofotiga ega bo'ldi. Qolgan ishtirok etgan magistrantlarga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

      Universitet matbuot xizmati