TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2023

Kutubxona - muqaddas dargohdir

Kutubxona bu - qadimiy yozuvlardan boshlab, to internet tarmog‘iga kirgunga qadar bo‘lgan asosiy davrni o‘z ichiga olgan axborot olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u barcha zamon va xalqlarning donishmandligi va xotirasini saqlaydigan haqiqiy xazinadir. Kutubxona - muqaddas dargohdir, u yerda ham prozaga, ham she’riyat uchun joy bordir! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 21-may – “Kutubxonachilar kuni” etib tasdiqlandi. Kutubxonachilar kuni nafaqat kasb bayrami, balki bu kasbning ahamiyatini e’tirof etish demakdir. Ushbu bayram -kitob, kitobxonlik, kutubxona bilan bog'liq bo’lgan, hayotini ma'rifatsiz tasavvur qila olmaydigan barchani birlashtiradi. Bugungi kunda zamonaviy universitet kutubxonalari (ARM) o'quv va ilmiy jarayonlarning integratsiya-lashgan axborot ta'minoti markaziga aylangan. Axborot-resurs markazi “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetning muhim tarkibiy boʻlinmalaridan biri boʻlib, oliy taʼlimni rivojlantirishning barcha yoʻnalishlarida ishtirok etadi, yosh avlod uchun gʻoyaviy, tarbiyaviy markaz hisoblanadi.

ARM xodimlari har kuni yuzlab kitobxonlarga xizmat ko‘rsatadi, o‘nlab mavzuga oid so‘rovlar va bibliografik ma’lumotnomalarni bajaradi, anjuman va tanlovlarda faol ishtirok etadi. Universitetda o‘tkazilgan “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining “O‘z ishining ustasi” nominatsiyasida  Axborot-resurs markazi kutubxonachilari D. Sobirova  va R. Ziyatovalar  o‘z kasbiy bilim va mahoratlarini namoyish etib, faxriy o‘rinlarni egalladilar. Yuqori malakali mutaxassislardan: N. Yu. Milichenkova, M. X. Axmedova, E.M., Ovcharenko, G.I., Ilmuratova, Sh. Umaraliyevalar o'z kasbiy mahoratlarini yosh xodimlar bilan o‘rtoqlashadilar. Bugungi kunda, nashr etilayotgan ulkan adabiyotlar oqimida, talabalar uchun axborotlarni izlash, tanlash  ba'zan qiyin kechadi, mana shunday paytlarda  malakali kutubxonachilar  doimo yordamga shoshadilar. ARM xodimlari zamonaviy axborot dasturlari bilan ishlash usullarini o‘zlashtirib, foydalanuvchilarga ular bilan ishlash bo‘yicha professional maslahatlar beradilar. Bugun, kasb bayrami kunida, barcha kutubxonachi-hamkasblarimizni chin dildan muborakbod etamiz, sizlarga mustahkam sog'liq, yangi ijodiy cho'qqilar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!                            

Universitet matbuot xizmati