TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Kursdoshlar uchrashuvi

2024 yil 18 may kuni “TIQXMMI”–MTU ning “Yer resurslari va kadastr” (sobiq Yer tuzish) fa`kultetini 1981 -yil  bitirgan  kursdoshlar uchrashuvi tashkil etildi . Universitetda tashkil etilgan uchrashuvda  uzoq yillardan beri fakuitetda faoliyat olib borayotgan  professor Q. Raxmonov, dotsent  A. Bobojonov  va A. Muqumov lar tomonidan   mehmonlarga universitet, fakultet  va kafedralarda  talabalarga bilim berish jarayonlari, olib borilayotgan  Ilmiy tadqiqot  ishlari  boyicha ma’lumotlar beridi.   Milliy tadqiqot universitetini bitirganlar jamiyati boyicha ma’sul professor  R. Ergashev so’zga chiqib, bu jamiyatning  vazifalari va oldiga qo’yilgan maqsadlari  boyicha ma’lumotlar berdi.  20 asrning 80 yillarida  universitetda MDX davlatlari fuqarolari  balki Osiyo, Afrika  va Lotin Amerikasi davlatlari uchun xam  mutaxassislarni tayorlashda TIQXMIIning o’z  o’rni bolgan.

Kursdoshlar uchrashuviga Tojikistondan kelgan   Dushanbe qishloq xo’jaligi universitetining   professor -o’qituvchilari O.Oyev, K.Saidov va T.Qurbonovlar so’zga chiqib  shu dargoxda olgan bilimlarini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitib  Tojikiston yoshlariga bilim berib kelayotganligini va buning bilan  faxrlanishini aytib o’tishdi. Mexmonlar  o’z so’zlarida uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi  tashkil etilganligi  uchun  universitet raxbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.

Uchrashuvdan so’ng mexmonlarga  universitetning tarixi boyicha tashkil etilgan muzeyi  xamda   A. Oripov muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdilar.