TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Kurs ishlari baholandi, ijobiy natijalarga erishildi

O‘zbekiston Respublikasidagi demokratlashtirish hamda tubdan yangilanish jarayonlari ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olmoqda. “Professional ta’lim” kafedrasi assistentlari Yarova Sevara, Temirova Zoxidalarning rahbarligida 50 ga yaqin kurs ishlari ustida ilmiy izlanishlar, universitetimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti hamda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti Professional ta’lim 2-bosqich talabalari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Kurs ishini quyidagi qoidalar va usoz-shogird an’analariga tayangan holda ijodkorligini takomillashtirishdi:

1. Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari;

2. Kurs ishini tashkil etish;

3. Ishning mavzusini tanlash;

4.Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish;

5. Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar;

6. Ilmiy rahbarning vazifalari;

7. Talabaning vazifalari;

8. Ishga tayyorgarlik;

9. Adabiyotlarni tanlash;

10.Adabiyotlarni o‘rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish;

11. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi;

12.Qo‘shimcha adabiyotlar;

13.Internet saytlari;

Ushbu qoidalar asosida amaliyot mashg’ulotlarida zamonaviy ped texnologiyalardan turli xil mavzuga mos metodlardan foydalanib yozilgan kurs ishlari belgilangan vaqtda tugatilib himoya kunlari belgilandi. Kurs ishi yozishda talabalar ilmiy salohiyati oshirilib bir mavzuni chuqurroq o’rganish, adabiyotlani tahlil qilish, bo’sh vaqtlarini unumli tashkil qilish har bir talabaning mustaqil fikrlash va dunyoqarashini shakllantiradi o’z ustida ishlash imkoniyatini beradi.

“Professional ta’lim” kafedrasi assistenti Temirova Zoxida axboroti

Universitet matbuot xizmati