TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

Kreativ tafakkurni shakllantirish yo‘lida

Oliy ta'lim muassasalari talabalarining kreativ tafakkurini shakllantirish zamonaviy ta'lim paradigmalarining o'zgarishini ham talab etadi.

Bu paradigmalar ta'lim oluvchilarga tayyor mavjud bilimlarni o'zlashtirishni emas, balki eng asosiy, zarur bilimga qanday qilib ega bo'lish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgandir. O'quv faoliyatini samarali tashkil qilish, dars jarayonida ma'ruza va amaliy mashg'ulotlardan to'g'ri foydalanish orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotlar jarayonida ulardan o'z o'rnida to'g'ri foydalanish va o'zaro uzviy bog'liq holda qo'llay olish ta'lim va tajriba samaradorligining muhim omillaridan biridir.

“Professional ta'lim” kafedrasi tayanch doktoranti Mohinur Mamataliyeva o'zining tadqiqot mavzusiga doir tajriba-sinov ishlarini o'tkazish maqsadida Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Institut talabalari bilan kreativ tafakkurni rivojlantirishning o'ziga xos usullarini qo'llash orqali ulardagi kompetentsiyalarni samarali oshirish bo'yicha master klass o'tildi.

Yosh tadqiqotchilarga ilmiy izlanishlarida omad tilab qolamiz.

Universitet matbuot xizmati