TIQXMMI yangiliklari

img
25.10.2023

“Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz”

2023 yil 25 oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, "Energetika" fakulteti 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

06.07.2021 yildagi PF-6257-sonli, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berish bilan birga ushbu chora-tadbirlarda talaba-yoshlarni faolikga chaqirdi.

A.U.Gapparov talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “278/4-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “211-modda. Pora berish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’lumot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari haqida huquqiy tushuncha va huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirdi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga bo‘lim boshlig'i tomonidan javob berildi.

“Kompleans nazorat” tizimini    boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi

Karimjonov Izzatullo axboroti.