TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2022

Korrupsiya- buyuk kelajak kushandasi

      Kecha “TIQXMMI” MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutorlari Z.Tursunova va U.Usmanovlar hamkorligida 1-2 kurslari orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida suhbat trening tashkil etildi. Treningni afzalligi shundaki guruhdagi barcha talabalar bir-birlari bilan fikr almashib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari xususida qizg’in bahs olib bordilar.  Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishinin oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.

    Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi. Fikrimizning isboti sifatida bizning Universitetimizda ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo’limi faoliyat olib bormoqda. Oliygohda o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlar o’ylaymizki korrupsiyani ildiziga bolta urilishiga o’z hissasini qo’shadi albatta.

Universitet matbuot xizmati