TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2023

Koreya Hukumatining Milliy Assambleyasi delegatsiyasi universitetimizga tashrifi

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetiga Koreya Hukumatining Milliy Assambleyasi delegatsiyasi janob Jeon Haecheol rahbarligida bir gurux deputatlar  va K-Water kompaniyaning bosh direktori Kim Yung Hwan  tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida Koreya Universitetlari va K-Water kompaniyasi bilan o‘zaro talabalar almashinuvi hamda talabalar amaliyoti uchun Scholarship larni ko‘paytirish, Koreya Hukumatining ta’lim grantlarida samarali ishtirokni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar kelishib olindi.