TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2023

Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi

Joriy yilning 26 mart kuni Samarkand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida  Respublika “Oqila ayollar” harakati hamda  Samarqand  tuman hokimligida  mazkur tizim mutasaddilari tomonidan  tumandagi barcha “Oqila ayollar” harakati a’zolari, tuman mahallalaridagi xotin - qizlar faollar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchilari, “Buvijonlar” maktablari, tadbirkor ayollar va boshqa tizimlar mutasaddilari ishtirokida  milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ismailova Zuxra Karabaevna “Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi” mavzusida suhbat o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha 27 ta modda bilan boyitilishi ko‘zda tutilganligi, ushbu qonunlarning barchasi inson qadri va mafaatlarini ulug‘lashga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. Ayniqsa kiritilgan  o‘zgartirish va qo‘shimchalar bevosita yoshlar hamda xotin-qizlar masalalari, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlanishi bu bevosita bugungi kundagi barcha oila masalalariga ota-onalarning mas’ulligini oshirishiga imkoniyatdir.

Universitet Matbuot xizmati