TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2023

Konstitutsiyam - huquqim, burchim

Konstitutsiya– davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz kafolati, dunyoda tenglar ichida teng, davlatchilik tarixiga ega xalq, mustaqil davlat ekanimizning shahodati hamdir. GM fakulteti 3-qavat sardori Mamatqulova S. tashabbusi bilan 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi S.Muxrumboyeva boshchiligida 6-dekabr kuni 4-Talabalar turar joyida "Konstitutsiyam - huquqim, burchim" mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Gidromelioratsiya fakulteti faol talabalari  Konstitutsiyani hayotimizdagi o'rni, inson huquq, burch va erkinliklari haqida tayyorlagan chiqishlari bilan  tadbir tomoshabinlariga siyosiy-huquiy ma'lumotlar berib o'tishdi,  joriy yil 30-apreldagi referendum natijalari, yangilangan Konstitutsiya va undagi boblar, bo'lim hamda moddalar haqida fikr-mulohazalar almashishdi.

GM 307-guruh talabasi Mamatqulova Sohiba axboroti

Universitet matbuot xizmati