TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2023

Ko’nikma va malaka hosil qilindi

2023-yil 20-sentabr kuni “Ellips technology” kompaniyasi hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Zamonaviy geodezik asboblar fanidan “Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalariga “Muammoli mavzular” bo‘yicha seminar-trening bo'lib o'tdi. Seminar-treningda talabalarga GNSS sun'iy yo'ldosh to'lqin qabul qilgichlaridan foydalanish va qurilma yordamida topografik dala tadqiqot ishlarini o'tkazishdagi muammolarni hal qilish bo'yicha ko'nikma va malakalar berildi.Ushbu harakat 5-1 dasturi asosida tashkil etildi.

 

Universitet matbuot xizmati