TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

"Kitobxon qiz" tanlovi

29-fevral kuni "Kitobxon qiz" tanlovining Respublika bosqichi o’tkazildi. Biz bilamizki, azal-azaldan o’zbek xalqi kitobxon xalq. Bunga bizning buyuk, dunyo tanigan ajdodlarimiz va ular qoldirgan ulkan meros guvoh. Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish, ma’naviy merosimizni asrash kabi ezgu ishlarga boshlab kelgan. Ajdodlarimiz kitob mutolaasi bilan muntazam shug’ullanganlar. Bolalarda yoshlikdan kitobdan zavq olish, kitob o’qish ko’nikmalari shakllantirilgan. Bunga ota-onalar, murabbiylar o’z zimmasidagi yuksak vazifa sifatida qarashgan. Bugungi o’tkazilgan tadbirda Universitetimiz talaba qizlari ham chetda qolishmadi. Tanlovning asosiy  maqsadi, ya’ni Talabalarni dunyoni anglab olishiga ko‘mak berish, shu bilan birga  ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijobiy xarakterini tarkib toptirish,  hayot va  turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan edi.

Tanlovga 3 ta kitob qo’yilgan edi. 1."Men Malalaman" Malala Yusufzoy asari; 2. "Ikki eshik orasida" O'tkir Hoshimov asari;3. "Imomning maneken qizi " Omina Shenlik o’g‘li asari. Ushbu tanlovga “Iqtisodiyot” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo'nalishi 2-bosqich 208-guruh talabasi Yuldosheva Umida Baxrom qizi ishtirok etdi va Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Ushbu talaba qizimizga Respublikada ham yaxshi o’rinlarni egallashiga  omad tilab qolamiz. Bugungi tadbirga faol qatnashgan universitetimiz xotin - qizlar maslahat kengashi raisi va a’zolariga, tyutorlarimiz hamda talabalarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Universitet “Qizlarjon klubi” rahbari Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati