TIQXMMI yangiliklari

img
04.02.2023

Kitoblar yaxshilikka yetaklar

"TIQXMMI" MTUda 5 muhim tashabbusining 4-yoʻnalishi bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan "ENERGETIKA" fakulteti 107-guruh talabalari tyutor B. Abdullayev boshchiligida "Yoshlar ittifoqi" tomonidan tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurishdi. Aytib oʻtish joizki kutubxonada hamma sharoitlar mavjud. Kitoblarning koʻpligi, ularning har xil janrga boyligi esa insonni yanada quvontiradi. Talabalar kutubxonadagi muhitni koʻrib sevinib ketishdi, ularda kitob o'qishga boʻlgan mehr va qiziqish yanada oshdi. Vaqtlarini qiziqarli va mazmunli oʻtkazgan talabalar uchun bugungi kun ajoyib muhrlanib qoldi. Talabalar oʻzlariga yoqqan kitoblarni xarid qilishdi.

"ENERGETIKA" fakulteti tyutori B. Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati