TIQXMMI yangiliklari

img
23.01.2024

Kitobga mehrdan boshlanar bari

Hammamizga ma’lumki, kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Insoniyat   taraqqiyotining barcha davrlarida   kishilarni tarbiyalash, ularning  aqliy rivojlanish vositasidir. Kitob -  barcha zamonlar uchun  eng zarur  narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi,  donishmandlik  chashmasi  bo‘lgan.

Inson tafakkurining rivojlanishida kitob  doimo hamroh bo‘lgan. Shuning  uchun  kitob va   kitobxonlikka bo‘lgan  e'tibor  bugunga kelib   har qachongidan  ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda.

Shu e’tiborni kuchaytirish maqsadida, "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti talaba qizlari o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Suhbat, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova rahbarligida olib borilib, fakul’tet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova, Dilbar  Axrarova va Talabalar turar joyi tarbiyachisi ishtirok etishdi.

Fakultetning iqtidorli kitobsevar talaba qizlari o‘zlarining o‘qigan va eng sevimli kitob qahramonlari haqida so‘zlab berishdi. Kitobning naqadar hayotimizdagi ahamiyatli ekanligiga amin bo’lib, suhbat qiziqarli savollar va fikrlar orqali fayzli o‘tkazildi.

"Gidromelioratsiya" fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati