TIQXMMI yangiliklari

img
11.02.2023

Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko‘zgusidir

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z. Axmedjanova boshchiligida  joriy yilning 9-fevral sanasida 1 - bosqich talabalari bilan birgalikda A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Talabalar kutubxonadan foydalanuvchilarga  jahon andozalari darajasida xizmat ko‘rsatish uchun juda ham keng imkoniyatlar yaratilganligiga guvoh bo‘ldilar. Bu yerdagi  “O‘zbekiston”, “Adolat”, “Istiqbol”, “Jahon”, “Tafakkur” o‘quv zallarida tashkil qilingan ochiq fondlar kitob javonlaridan o‘ziga zarur bo‘lgan kitoblarni bemalol izlashi va buyurtma berishi, shuningdek, kutubxona fondiga yangi olingan manbalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati borligidan juda ham xursand bo‘lishdi va kutubxonaga a'zo bo‘ldilar. Bu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda ilm — nur, kitob — mo‘jiza, mutolaa — hayrat shiori ostida poytaxtimiz markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tanishtirishdan, yoshlar qalbida  kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdan, milliy o‘zligimiz va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishdan iboratdir. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning o‘rni muhimdir, millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkindir. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, «Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai»dir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Z. Axmedjanova axboroti 

Universitet matbuot xizmati