TIQXMMI yangiliklari

img
20.01.2024

Kitob taqdimotida

Joriy yilning 19 - yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakultetining tyutori X.R.Saidova boshchiligida 1 kurs faol talabalari bilan "Alisher Navoiy" nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasiga tashrif  uyushtirildi.

Kutubxonada O'zbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi, Mashrab mukofoti sovrindori, "Shuhrat" medali sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi  aʼzosi, taniqli shoiri Jamoliddin Muslimning "Javohir " nomli toʻplami taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari : Gulchehra Shahobiddin qizi, Hulkar Hamroyevaga, Abdumajid Azim, Tursun Ali, Abdulla Aiizov, Yangiboy va yosh isdidorli xonanda Bexruzbek Iskandarovlar oʻz ijodlaridan namunalar namoyish qilishdi. Talabalarimiz chuqur taassurotlarga ega bo‘lishdi.

GTQ tyutori X.Saidova axboroti

Univetsitet matbuot xizmati