TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2023

Kitob qiymati

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti tuytorlari D.Xursanbova, X.Saidova tarbiyachi-pedagok Sh.Islamovalar boshchiligida  11 - oktabr kuni 1-Talabalar turar joyida talaba qizlar o'rtasida "Insonning eng yaqin do'sti - kitob!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Ushbu mavzu bo'yicha talaba qizlarga tavsiyalar va takliflar berildi. Tadbir so'ngida qizlar sevimli shoirlari qalamlariga mansub  she'rlardan o'qib, kuyga solinganlarini xirgoyi qilishdi. Tadbirdan asosiy maqsad: yoshlarni bo'sh vaqtlarida kitob o'qishga jalb qilishdir.

 

GTQ fakulteti tyutori    D.S.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati