TIQXMMI yangiliklari

img
18.10.2023

Kitob - bilimlar xazinasi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya"fakulteti tyutorlari G.Ahmedjanova, A.Shonazarov va 4-TTJ tarbiyachi pedagogi S.Muxrumboyevalar bilan birgalikda joriy yilning 14-oktyabr sanasida 4-TTJning "Ma'naviyat "xonasida talaba qizlar bilan "Kitob mening doʻstimsan" mavzusida tadbir tashkil qilindi. Bu tadbir 5 tashabbusning 4-tashabbusi doirasida  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha olib borildi.

 

Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir. Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Bu tadbirda kitobga oshno kitobni sevib mutolaa qiladigan, o‘zining eng yaqin do‘sti kitob deb bilgan 1-bosqich 109-guruh talabasi Maxmudova Laylo oʻzining oʻqigan bir qancha kitoblari yuzasidan  do‘stlari bilan o‘rtoqlashdi,  taqdimot oʻtkazdi.

Talaba-qizlarimiz bir qancha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Talaba qizlarning kitobga boʻlgan mehri yanada oshdi.

 “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

 Universitet matbuot xizmati