TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

Kitob bilimlar kaliti

Joriy yilning 18 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.Azimov, fakultet tyutorlari D.Xursanbova, X.Saidovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyi “Ma’naviyat” xonasida talaba yoshlar o‘rtasida “Kitob bilimlar kaliti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu mavzu bo‘yicha talabalarga tavsiyalar va takliflar berildi. Tadbir so‘ngida talaba yoshlar sevimli shoirlari qalamlariga mansub she’rlardan o‘qib, kuyga solinganlarini xirgoyi qilishdi. Tadbirdan asosiy maqsad: yoshlarni bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qishga jalb qilishdir.

Tadbir davomida kitobxonlik viktorinasi o‘tkazildi. Viktorina davomida eng ko‘p kitob o‘qigan talabalar o‘zlari o‘qigan kitoblari asosida hikoya, qissa va romanlardan qiziqarli parchalar aytib berishdi. Viktorinada o‘qigan kitoblari mazmunini tasvurlab bergan faol talabalarga estalik sog‘lari berildi. Viktorinada barcha talabalar faol qatnashishdi.

GTQ fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati