TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Kitob - bilim bulog'i

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi katta o'qituvchilari Umarova Feruza va Isakulova Baxtigul 3-TTJ.ga tashrif buyurishdi va "Kitob - bilim bulog'i" mavzusida ma'naviy-marifiy suhbat o'tkazishdi. Darhaqiqat, kitob insoning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i  va bilim manbai, fikr quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hisoblanadi. Kitob moziy o'tmishdan xabar beruvchisi, bugunning tarbiyachisi, kelajakning yo’lboshchisidir. U ma’naviy xazina, haqiqiy boylik. Dono xalqimiz kitobni shunday deydi: “Kitob - bilim bulog'i”. Bu hikmatli so’zda shunday ma’no borki, kitob shunchalar ilmga boyki, buloq kabi qalqib chiqaveradi, uni o'qib o'rganib, bilimga ega bo'lish esa shu buloqdan suv ichish demakdir.

"Ingliz tili" kafedrasi katta o'qituvchisi F.Umarova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbout xizmati