TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Kitob – beminnat ustoz.  

Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 107-guruh talabalari bilan kitobxonlik bo‘yicha davra suhbati tashkil qilindi. Kitob hayot yo‘limizni yoritib turuvchi mayoqdir. U insonga ulkan ma’naviy ozuqa berib, qalbini ezgulikka oshnа etadi. Yаxshi kitob tafakkurga qanot, qalbga yorug‘lik bag‘ishlaydi. Buyuk shoir va mutafakkir hazrat Alisher Navoiy yozganidek, “kitob-beminnat ustoz, bilim va manaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir”.      

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev axborot –kommunikatsiya sohasidagi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga e’tibor qaratish lozim bo‘lishi, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etishi haqida takidlaganlar.

Talaba – yoshlar ta'lim- tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusdan biri ham kitobxonlikdir. Dunyo aholisi sevib mutolaa qiladigan asarlar, jumladan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, T. Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” va boshqa asarlar kitobxonning yuragida chuqur iz qoldirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan, ko‘p kitob o‘qing, aziz talaba- yoshlar.

“Iqtisodiyot”fakulteti tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati