TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Kino va yoshlar loyihasi

Joriy yilning 7-may kuni “Energetika” fakulteti talabalari uchun Universitetning Madaniyat saroyida “Kino va yoshlar loyihasi” doirasida kino namoyish etildi. Fakulteti dekani A.Isakov so‘zga chiqib tadbirni ochib berdi.

Tadbirga prorektor, dekan oʻrinbosarlari tyutorlar hamda 200 dan ortiq talabalar tashrif buyurishdi. Loyiha doirasida talabalarga yuksak mahorat bilan suratga olinga “101-Reys” nomli kinofilm namoyish etildi. Talabalar kinofilmni goh yuqori hayajon goh quvonch bilan tomosha qilishdi. 

Tadbir so‘ngida fakulteti dekani A. Isakov kirib kelayotgan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklab, “Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir deya tadbirni yakunlab berdilar.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati