TIQXMMI yangiliklari

img
25.06.2024

Katta hayotga ilk qadam

Mustaqil hayotga qadam qo’yish yanada mas’uliyatni talab etadi. “Bitiruvchi - 2024”  tadbirida bu tuyg’uni teran his etish mumkin.

Universitetimizning ustunlaridan biri bo‘lgan “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida yetuklik diplomlarini topshirish tadbiri tantanali tarzda boshlandi. Fakultetni jami 170 nafar bitiruvchi (shulardan 3 nafari imtiyozli, 167 nafari oddiy) diplomlarini qabul qilishga hoziru nozir bo‘lib turgan yoshlarni qutlash maqsadida universitet rektori professor Mirzayev Bohodir Suyunovich minbarga taklif etildi.

Bitiruvchilar va ularning ota–onalari tabriklandi. Hayotning o‘zi sinovli dovonlar orqali ilgarilanma harakat ekan, u shu yo‘l bilan insonni toblaydi, sinaydi ham.

Samimiy tabrikdan so‘ng “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining dekan o‘rinbosari Azimov Azam Ismailovich bilan birgalikda yetuklik diplomi egalariga topshirildi.

"GTQ" fakulteti dekan o‘rinbosari A.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati