TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

“Karyera kuni”tashkil qilindi

Bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida viloyat qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini universitet bitiruvchilarining intellektual salohiyatlaridan foydalangan holda, egallagan mutaxassislariga muvofiq ishga joylashtirish ishlarini ta’minlash ushun hokimlik va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalarida bu kabi tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalari ko‘plab talabalarning nafaqat bandligini ta’minlash, balki davlat tashkilotlari hamda yurtimizdagi yetakchi kompaniyalarda tajriba orttirib, yuqori malakali, raqobatbardosh kadr sifatida munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlariga imkon yaratishi qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida, yarmarkada 65 dan ortiq vazirlik, idora va yetakchi korxonalardan kelgan mas’ullar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini bitiruvchi yoshlarga taklif qilishdi. Talabalar bir nechtasi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishdi.