TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

Kartografiya fabrikasida amaliy dars

Toshkent Kartografiya fabrikasida 3-aprel kuni "Geodeziya va geoinformatika" yoʼnalishini 3-kurs talabalari xaritalarni tayorlanish jarayonini kafedra dotsenti O.Roʼziqulova boshchiligida joyni oʼzida oʼrgandilar.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-42-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va “Kartografiya” DIIChK oʼrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida "Geodeziya va geoinformatika" taʼlim yoʼnalishi 3-bosqich talabalari uchun “Tabiiy xaritalarni loyihalash va tuzish” fanidan “Tipologik xaritalarni legendasini ishlab chiqish” mavzusida darsni 2024 - yilni 3-aprel kuni “Kartografiya” DIIChKda tashkil qilish qilindi (fotosuratlar ilova qilindi).

Аmaliy darsga Toshkent Kartografiya DIIChK bosh mutaxassisi O.Аbdullayev rahbarlik qilib, xaritalarni raqamlashtirish, dasturlarda maʼlumotlar bazasini yangilash, korrektorlash, tahrirlash, qogʼozlarni kerakli oʼlchamda kesish xonasi, rang berish, jihozlash, chop qilish, muqovalash, tikish kabi ishlarni joyda amalda koʼrib, oʼrganib oldilar.

Аmaliy dars yakunida talabalar Kartografiya fabrikasi xodimlariga minnatdorchilik bildirib, hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirishga kelishib oldilar. Qaytishda har bir talaba oʼzlariga darslarda kerak boʼladigan xaritalar toʼplami bilan qiziqdilar.

"Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi dotsenti O.Roʼziqulova axboroti

Universitet matbuot xizmati