TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2023

Kadrlar istemolchilari bo‘lgan tashkiotlar bilan xamkorlik davom etmoqda

2023-yil 19-aprel kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-kurs talabalari bilan yozgi malakaviy amaliyotini samarali o‘tkazish bo‘yicha xamkor tashkilotlarning mas’ul vakillari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Ushbu uchrashuvga amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilotlardan Babayev Xashim Mirbabayevich - UzKLAASAgro qo‘shma korxonasi bosh direktorining maslahatchisi,  Akbarov Islomjon - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti "Ilmiy kadrlarni tayyorlash" bo‘limi boshlig‘i, Normurotov Abdusamat - "Agrotech Klaster" aksionerlik jamiyati Servis va xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi hamda Turayev Shuxrat - "BMKB-Agromash" AJ ishlab chiqarish sex boshliqlari kelib o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxona bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.

 Mazkur tashkilotlar o‘zlarining yangi loyihalari hamda universitet bilan tuziladigan yangi rejalari haqida talaba yoshlarga ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib kelgan mehmonlarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.