TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2023

Ixtirochi qizlarni kashf etamiz

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutorlari D.Xursandova, X.Saidova, Xotin qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi F.Yunusovalar hamkorligida 1-Talabalar turar joyi  "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti talaba qizlari ishtirokida shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari,  o'zini-o'zi boshqarish va intellektual darajasini oshrish maqsadida “Ixtirochi qizlarni kashf etish zamon talabi”  mavzuida tadbir tashkil etildi.

Yig'ilish psixologik   metodikalar va davra suhbati orqali  olib borildi. Tadbirda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 207 – guruh talabasi Karimova Dilorom 2022-2023-o'quv yillarida erishgan yutuqlari haqida so'z yuritildi. Dilorom Toshkent viloyati Agrar universitetida o'tkazilgan “Ixtirochi ayol 2023” Respublika tanlovida “Hududning yuz nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida “Ilg'or innovatsion loyiha ”nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin egalladi. “Yil talabasi” tanlovida  “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo'yicha g'oliblikni hamda Uzbekgidro aktsiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan stipendiyani qo'lga kiritgani juda ham quvonarli holat.

Tadbir davomida barcha yig'ilish ishtirokchilariga Dilorom kabi harakat qilib, yuqori cho'qqilarni egallashlari uchun qanot bera oladigan motivatsiyalar berildi. Yig'ilishda barcha ishtirokchilar faol qatnashishib o'z oldilariga yuksak maqsadlarni qo'ygan holatda tadbir yakuniga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati