TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

Istanbul shahrida aviatsiya va kosmonavtika sohasidagi yirik tadbir - "Teknofest" festivali

2023-yilning 27-29-aprel kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida aviatsiya va kosmonavtika sohasidagi yirik tadbir - "Teknofest" festivalida ishtirok etdi.

Vazirlik va tizim tashkilotlari vakillari hamda oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlaridan iborat delegatsiya Festival doirasida samarali natijalarga erishdi. Shu bilan bir qatorda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti talabalari Turdiyev Akbarali hamda Qodirov Sayfullo festivalda faol ishtirok etib, bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirishga muvaffaq boʻldi.

Festivalda ishtirok etayotgan 80 dan ortiq yirik kompaniyalar va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha muzokaralar olib borildi. 11 ta oliy ta'lim muassasasi hamda 8 ta kompaniya Turkiy dunyo yoshlarining Ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressiga taklif etildi.