TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2023

"Islom karimov" muzeyiga sayohat

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari boshchiligida 107, 111- guruh talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti ISLOM KARIMOV nomidagi muzeyga tashrif uyushtirildi.

 

Muzey xodimi talaba-yoshlarga sobiq Prezidentning hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Talaba - yoshlar bugungi tinch, osuda,  farovon hayotimizga yetib kelish qanchalik mashaqqatli bo‘lganini,bu tinchlikning ortida juda katta mehnat turganini tushunib yetishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutorlari  D.Egamova va G.Shodieva axboroti

Universitet matbuot xizmati