TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

Ishga joylashtirish bo’yicha ish beruvchi tashkilot bilan hamkorlik

“Ekologiya va huquq” fakulteti 5450700 (60812900)- “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 4 (3)-kurs 407 (305) guruh talabalari guruh murabbiyilari M.Abdukadirova va D.Mavlyanova hamda kafedra professor o’qituvchilari A.Xomidov, X.Nazarovlar bilan birgalikda bitiruvchi kurs talabalari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda yagona siyosat olib borish boshqarmasi boshlig‘i Durxodjaev Djamshidxodja Fayzullaevich bilan muloqot o‘tkazildi. Tadbirda bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha fikrlar almashildi. Bitiruvchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Ishga joylashtirish bo’yicha shartnomalar tuzish tartibi to‘g‘risida fikrlar kelishib olindi.

       Universitet matbuot xizmati