TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2024

“Irrigator” terma jamoasida yana bir g‘alaba

Joriy yilning 2-mart kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti sport majmuasida “Talabalar ligasi” doirasida futzal bo'yicha Toshkent shahar oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida  hududiy 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

 Mazkur o'yinda bizning Universitet terma jamoasi, DSMI instituti terma jamoasi o'rtasida  shiddatli o'yin o'tkazilib 2:1 hisobda “Irrigator” jamoasi  g'alabali yurishlarni davom ettirmoqda. Keyingi 4-tur bosqichida “Irrigator” terma jamoasiga OMAD TILAB QOLAMIZ....!

Jismoniy tarbiya va sport

kafedrasi v.b.dotsenti  M.Norqobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati