TIQXMMI yangiliklari

img
13.04.2024

Iqtisodiyot kafedrasida Janubiy Koreyalik Professor Jeffrey Bohn bilan uchrashuv o'tkazildi

Joriy yilning 13-chi aprel kuni “Iqtisodiyot” kafedrasida Koreya Respublikasining Sukmyong Ayollar Universiteti (universitet web sayti: https://gsis.sookmyung.ac.kr/gsis/index.do) Kasbiy tadqiqotlar va xalqaro xizmat ko’rsatish fakulteti magistratura bo’limi Professori, Xalqaro PR-marketing bo’yicha mutaxassis  va Edge Communications, Inc. xalqaro kompaniyasi asoschisi va direktori (kompaniya web sayti: https://edgecomms.net/)  Jeffrey D. Bohn bilan Iqtisodiyot kafedrasining professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va bakalavr talabalari uchun onlayn seminar va davra suhbati o’tkazildi.

Seminar mavzusi hozirgi eng dolzarb mavzulardan biri bo’lgan “Millat brendini yaratishda xalqaro savdo, turizm va investitsiyaning o’rni” mavzusi bo’lib, Professor J.D Bohn mavzu haqida muhim bilimlarni ulashdilar. Tadbirda fakultet dekani PhD. U.Z Alimov, iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent B.X. Shafkarov va kafedraning 10nafardan ortiq professor-o’qituvchilari, jami 60 nafarga yaqin doktorant, magist, va iqtidorli bakalavr talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida iqtisodiyot, biznes boshqaruv va bioiqtisodiyot yo’nalishlari magistrlari va fakultetning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha kerakli bilimlar va ma’lumotlar olishdi, hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.

Mutaxassis tomonidan talabalar uchun sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, kerakli bilim va ko‘nikmalar yuzasidan o‘zining bilim va tajribalari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv juda qiziqarli, interaktiv ruhda va bahs-munozaralar bilan o’tdi. Kelgusida universitetlar o’rtasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha kelishib olindi. Bunday seminar va uchrashuvlar yanada ko’proq o’tkazilishi davom ettiriladi.