TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Iqtisodiyot kafedrasida iqtidorli talabalar hamda magistrlar uchun sohaning kuchli olimlari va mutaxassislari bilan uchrashuv o'tkazildi

  Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari uchun Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan sohaning tajribali mutaxassis va professorlari bilan ilmiy-amaliy uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha reja grafik ishlab chiqilgan. Joriy yilning 30-mart kuni B bino 207-auditoriyasida Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli Ilmiy kengash Raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Chariyev Qurban Amirovich, hamda “Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasidagi strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” - “Qo‘shilgan qiymat zanjiri va marketing tadqiqotlari” bo‘limi boshlig‘i, i.f.n., katta ilmiy hodim Asqarov Nozimjon Niyozovich ishtirokida iqtidorli talabalar hamda magistrlar uchun davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kafedra magistrlari ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha kerakli bilimlar va ma’lumotlar olishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

   Mutaxassislar tomonidan talabalar uchun sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, kerakli bilim va ko‘nikmalar yuzasidan o‘zlarining bilim va tajribalari bilan bo‘lishdilar. Tasdiqlangan reja-grafik asosida talabalar va magistrlar uchun bunday seminar va davra suhbatlari o‘tkazilishi davom ettiriladi.