TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2024

Iqtisodiyot fakultetida Iqtidorli yoshlarning yangi jamoasi shakllantirildi

2022-2023-o'quv yilida undan oldingi o'quv yillarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalarini olgan talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Stipendiyalar, tanlovlar, grantlar, loyihalar va tadbirlarda ishtirok etish bo'yicha qisqacha ma'lumot berildi. Ixtiyoriy auditoriyaga yig'ilgan talabalar bilan alohida telegram guruh tashkil qilindi. Talabalar bilan endilikda maqola yozish, loyihalar, grantlar, tanlovlar va boshqa shaxsiy rivojlanish masalalariga e'tibor qaratiladi, ularning tashabbuslari Respublika miqyosida qo'llab-quvvatlanadi. Talabalar ichida qiziquvchilar bo'lsa, bizga qo'shiling, safimiz kengaysa imkoniyatlarimiz keng bo'ladi. B bino 110 xona har kuni, 944966026 raqamga telefon qiling. 

Iqtisodiyot fakulteti yoshlar yetakchisi Avaz Rajabov ma'lumoti