TIQXMMI yangiliklari

img
19.02.2024

“Iqtisodiyot” fakulteti talabalarining Mock IELTS  (paper-based)  imtixonidagi ishtiroki

Joriy yilning  15-fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot” fakultetining 111 va 105 gurux talabalari uchun B-korpus 2-qavat, 226-xonada Mock IELTS (paper-based) Listening va  Speaking komponentlari bo’yicha imtixon tashkil qilindi. Ushbu xalqaro imtixonni tashkil qilishdan ko’zlangan maqsad imtixon topshiruvchilarning xorijiy til darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko’nikmalari bo’yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo’lib, imtixonda 40 nafar nomzodlar qatnashishdi.

Imtixonni ‘‘Ingliz tili’’ kafedrasi dotsent  v.b. Go’zal Eshchanova “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashi xamkorligida tashkil qilingan ‘‘Kasbiy Rijojlantirish Markazi’’ning fakultet filiali B-korpusda tashkillashtirdi. Xalqaro imtixonni “Ingliz tili” kafedra o’qituvchilari Marg’uba Xudaygergenova,Eshchanova, Moxidil Ziyadullayeva va Sardor Surmanovlar o’tkazishdi. Mock IELTda talabalarning ikkita til ko’nikmlari, Listening va Speaking komponentlari baxolandi. Tadbir boshida nomzodlarga xozirgi kundagi xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirish   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o’tildi.        

Darxaqiqat, bu kabi xalqaro imtixon komponentlari ta'lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtixon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritish va test davomida xorijiy til ko’nikmlariga e'tibor qaratish imkonini beradi.

'"TIQXMMI" Milliy Tadqiqotlar Universiteti matbuot xizmati