TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2024

Iqtidorli talabalarning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2024 yilda o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ta’limdagi ustuvor vazifalar hamda raqobatli mehnat bozorida  kreativ, salohiyatli va sadoqatli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni  ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetida 2024 yilning  1 mart kuni iqtidorli talabalarni ijodiy ishlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Unda talabalarning suv tejovchi texnologiyalari, mexotronika va robototexnika, energiya tejamkor resurslarining yangi vositalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining zamonaviy ishlanmalari, qishloq xo‘jalik texnika va texnologiyalari namoyish etildi.

Universitet rektori tomonidan iqtidorli talabalarning ijodiy ishlanmalarini yanada kengaytirish, ularga qulay sharoit yaratish va ustaxona ajratish, asbob-uskunlar bilan ta’minlash vazifalari va 16 ta kafedraning tugarak rahbarlarining oylik maoshiga 30% ustama belgilandi hamda har bir kafedra tugaragi 10,0 mln so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.