TIQXMMI yangiliklari

img
26.10.2023

Iqtidorli talabalar bo'limi bilan uchrashuv

          "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayev, joriy yilning 25-oktabr kuni 8-ma’ruza zalida  1-kurs  talabalar ishtirokida Iqtidorli talabalar bo‘limi bosh mutaxassisi Normurodov Jamolbek Panji o‘g‘li  “TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI magistri. Startapchi, Elektrotexnik-muhandis, “World water day-2018”, “Intellektual-2019”, “World youth innovation  forum WIF-2020”,  BMTTD tomonidan tashkil etilgan “Yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi-2021” 5-davri g‘olibi,  “Unicorns SCO” xalqaro-2022 tanlovi final bosqichi ishtirokchisi bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Iqtidorli talabalar bo‘limi qanday vazifalar bajarilishi haqida talaba yoshlarga batafsil ma’lumotlar taqdimot shaklda tanishtirildi. Iqtidorli talabalar bo‘limi asosiy vazifalari Ilmiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish (maqola yozish, ilmiy rahbar tanlash), Respublika va xalqaro Fan olimpiadalari, Startap va innovatsion loyihalar tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish va Prezident davlat stipendiyasi va boshqa (Beruniy, A. Navoiy, I. Karimov) nomdor stipendiyalarga tayyorlash shu kabi qator ishlarni amalga oshiradi. Uchrashuv davomida o‘tgan o‘quv yilda Prezident va nomdor stipendiyalar sohiblari haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini  qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Energetika fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati