TIQXMMI yangiliklari

img
25.10.2023

Iqtidorli inson ezgulikka qobildir

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti  "Iqtisodiyot" fakulteti e’tirofga sazovor bo‘lgan, qizlarimiz ardoqlaydigan talabalardan biri Damira Abduraxmonovna Duyseboyevadir. Uning qat'iyati va erishgan yuksakliklarini tasavvur qilish uchun uning yutuqlariga qarash kerak.

Sport bal raqsi musobaqalarida O‘zbekiston Ochiq kubogida 1-o‘rin, O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin, Samarqand ochiq kubogida 1-o‘rin, Chimkent raqs ritmi bo‘yicha 1-o‘rin, Silk way Qozog‘iston 1-o‘rin, O‘zbekiston kubogi 2-o‘rin, Yulduzli to‘p 2-o‘rin. Va bunday yutuqlar juda ko'p. Bal raqsi chempioni hozirda "Iqtisodiyot" fakulteti 1-kurs talabasi bilan faxrlanamiz. 

 “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati