TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

Investitsiya kompaniyasi bilan davra suhbati

Xabaringiz bor, universitetda fan-ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan davra suhbatlari o'tkazilmoqda. Ana shunday davra suhbatining navbatdagisi o'quv-seminar tarzida Iqtisodiyot fakultetida, Iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Bugungi kunda zamonaviy kasblar rivojlanishi bilan bir qatorda moliya, bank, sug'urta, investitsiyalar yo'nalishida ham ko'plab yangi yo'nalishlar ochilmoqda. Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun ana shu sohalardan bittasi moliyaviy savodxonlik yo'nalishida Freedom Broker kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Oksana Vladimirovna ishtirokida davra suhbati o'quv-seminar tarzida yanada qizaqarli va samarali bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz. Chunki, bugungi kun talabalari uchun tezlik bilan rivojlanayotgan sohalardan  investitsiya kiritish, moliya bozoriga kirish, aksiyalar ishtirokchisiga aylanish kabi kun tartibidagi mavzular qiziq hisoblanadi.

Davra suhbatida Iqtisodiyot kafedrasi professor-o'qituvchilari, fakultet talabalari ishtirok etishdi. "Bugungi kunda investitsiya- bu qulay. sodda, arzon va oson soha hisoblanadi. Qimmatbaho qog'ozlarga qilingan sarmoyalar nafaqat daromadlar bilan sizni xursand qiladi, balki dunyoda va iqtisodiyotda nimalar bo'layotgani haqidagi fikringizni kengaytiradi. Birjani tomosha qilish qiziqarli, bu haqiqiy sevimli mashg'ulotga aylanishi mumkin. Sarmoyalashni boshlab, siz doirangizni kengaytirasiz, kompaniyalarga boshqacha nazar bilan qaraysiz"  deydi Freedom kompaniyasi yetakchi mutaxassisi. Mavzu juda foydali taqdimot bilan yaxshi yoritib berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Universitet matbuot xizmati