TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2023

Intilganga tole yor.

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti  1- bosqich talabalarining  talabalar turar joyida yakuniy nazoratlarga tayyorgarliklari tekshirildi.  Talaba-yoshlar xonalarida, kutubxonalarda, kompyuter xonalarida fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rishayotganligi bizlarni quvontirdi. Talabalarning yaxshi o‘qishlari uchun universitetimizda xam, yotoqxonalarda xam xamma shart-sharoitlar mavjud. Ularning yaxshi o‘qib kelajakda yetuk mutaxassislar bo‘lishlariga tilakdoshmiz. Intilganga tole yor deb bejiz aytishmagan.

 

"Iqtisodiyot"  fakulteti tyutorlari D. Egamova va G.Shodieva  axboroti

Universitet matbuot xizmati