E'lonlar

07.03.2023

Inobatov Abror Boshlarovichning dissertatsiya ishi muhokamasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarda 2023-yil 11-mart kuni soat 14:00 da Ilmiy Kengashlar video konferensiya zalida oflayn o‘tkaziladi. Inobatov Abror Boshlarovichning 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘i yetishtirish iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasiga taklif etamiz.